Ko’rik tanlov






O’zbekiston Ekologiya partiyasi tomonidan maktabimizning tasviriy va amaliy san’at bo’limi o’quvchilari o’rtasida “Tabiatni asrash” mavzusida rasm chizish tanlovi o’tkazildi. Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar o’rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyat hissini uyg’otish va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish edi.
Tanlov davomida o’quvchilar o’z chizmalarida tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitning toza saqlanishi, suv va havo tozaligi kabi dolzarb masalalarni aks ettirdilar. O’quv oxirida eng yaxshi ishlar aniqlandi va yaxshi chizgan o’quvchilar partiya tomonidan tayyorlangan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
Ushbu tanlov o’quvchilarning ekologik tafakkurini kengaytirib, ularning tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishini yanada oshirdi.