Mahorat darsi







2026-yil 8-aprel kuni
Qo’ng’irot tumani 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining 2025-2026-o’quv yilining aprel oyida “Tasviriy san’at va amaliy san’at fanlari oyi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, tasviriy san’at bo’limi o’quvchilari va o’qituvchilari Nukus shahridagi Madaniyat maktabida o’tkazilgan “Ijod maskani” nomli tadbirda va mashhur rassomlar, Timur Sulaymonov va Abatov Jalğasning o’tkazgan ustalik darsida qatnashdilar. Ustalik darsi davomida o’quvchilar tasviriy san’at sohasida qimmatli tajriba va bilimga ega bo’ldilar.