PEDAGOGIK KENGASH







2025-2026-o’quv yilida III chorak yakuni bo’yicha pedagogik kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.
2026-yil 27-mart kuni Qo’ng’irot tumanidagi 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 2025-2026-o’quv yilining III chorak yakuni bo’yicha Pedagogik kengash o’tkazildi.
Majlisda maktab ma’muriyati, bo’lim boshliqlari va o’qituvchilar ishtirok etdi.
Maktab direktori F.Djapakov bugungi pedagogik kengash kun tartibidagi bir necha muhim masalalarni tanishtirdi.
Majlis davomida 2025-2026-o’quv yilining III choragida o’tkazilgan tadbirlar, imtihon natijalari, erishilgan yutuqlar bo’yicha bo’limlarning hisobotlari va pedagoglarning fikr-mulohazalari ko’rib chiqildi.