Navro’zni ulug’lash – insonni ulug’lash
Xalqimizning ulug’ bayrami – yangilanish, yasharish va bahor bayrami Navro’z munosabati bilan.
Qo’ng’irat tumanidagi «Esemurat Jirau'» nomidagi 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 19-mart kuni «Navruz» bayrami munosabati bilan «Navruzni ulug’lash – insonni ulug’lash» shiori ostida konsert dasturi o’tkazildi. Konsertda maktab o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan bir qator qo’shiqlar ijro etildi va ota-onalar e’tiboriga taqdim etildi.