Hafta ustozi. Medialoyiha 2026

Hafta o‘qituvchisi

Qdirbaev Baxtiyar Iskenderovich 1978-yil 28-iyulda tavallud topgan.

1999-yildan buyon Qo‘ng‘irot tumani 10-son bolalar musiqa va san’at maktabida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qdirbaev Baxtiyar Iskenderovich 2025-yil davomida Qirg‘iziston Respublikasida tashkillashtirilgan “2025-Bala-chaq” xalqaro tanglovida B.Qdirbaevning “Atko‘nshek” ansambili Gran-Pri sovrini bilan taqdirlandi va ansambl ustozi B.Qdirbaev ham tashakkurnoma bilan taqdirlangan. Shuningdek, Urganch “Respublika baxshi, jirov va oqinlar” tanlovida “Eng yaxshi jirov ijrochisi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan, “Madaniyat xodimlari kuni” bayramida “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahrida otkazilgan “Moskva sahnasi” xalqaro festivalida Gran-Pri sovrindori bo‘ldi hamda “Yangi O‘zbekiston iste’dodlari-2025” xalqaro tanlovida o‘qituvchining “Átkónshek” ansambli “Gran-Pri” bilan taqdirlangan.

📎 Izoh: Qdirbaev Baxtiyar Iskenderovich O‘zbekiston Respublikasi hududiy Madaniyat boshqarmalari tavsiya etgan nomzodlar orasidan, so‘ngi vaqtlarda eng faol ishlaganligi hamda xalqaro va yurtimizda o’tkazilayotgan ko‘rik-tanlovlarda munosib o‘rinlarni egallaganligi uchun tanlab olindi.