8-mart xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan konsert dasturi

Qo’ng’irat tumanidagi «Esemurat Jirau'» nomidagi 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 8-mart Xalqaro Ayollar kuni munosabati bilan «Bahor malikalari» nomli konsert dasturi o’tkazildi. Konsertda maktab o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan bir qator qo’shiqlar ijro etildi va bu dastur ota-onalar e’tiborini qozondi.