Teatr hunari fan oyligi

2025-2026-o’quv yilining 31-yanvariga qadar 10-sonli bolalar musiqa va  san’at  maktabi “TEATR PAN AYLIGI” doirasida teatr san’ati guruhining o’quvchilari 23-yanvar kuni Qo’ng’irot tumani Madaniyat saroyiga olib kelindi va ularning turli xonalari bilan tanishtirildi.

Avvalo, bolalar Madaniyat saroyidagi A. Otepov nomidagi xalq teatriga olib borildi va klassik teatr bilan tanishtirildi. Keyin Qonis Jumabayev boshchiligidagi qo’g’irchoq teatrining aylanma klassiga olib borildi. Aylanma klass o’qituvchisi Qonis Jumabayev bolalarni maxsus klass bilan tanishtirdi va qo’g’irchoqlar yordamida o’z ishlarini namoyish etdi.

Madaniyat saroyining muzeyiga teatr san’ati klassi o’quvchilari tashrif buyurdi. Muzeyni o’quvchilarga Bahit Baltanova ko’rsatib o’tdi. U yerda joylashgan qadimgi tarixiy buyumlar va mebellar haqida ko’p ma’lumot berdi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.