2025-2026 OQUV YILI 2-CHORAK YAKUNI BO’YICHA PEDAGOGIK KENGASHI MAJLISI BO’LIB O’TDI.

2026-yil  8-yanvar  kuni Qo’ng’irot tumani  10-sonli  bolalar musiqa va  san’at  maktabida  2025-2026 oquv yilining  2-chorak  yakuni bo’yicha  Pedagogik  kengashi bo’lib o’tdi. Majlisga  maktab adminstratsiyasi,  bo’lim boshliqlari  va  o’qituvchilar  qatnashdi.

Dastlab maktab direktori  Farxat Kamilovich Djapakov  bugungi  pedagogik  kengashning  kun tartibidagi  bir qancha masalalarni  tanishtirib o’tdi.

Majlis  davomida  2025-2026 oquv yili  2-chorak  davomida  olib  borilgan chora-tadbirlar, imtihon  natijalari, yutuqlar bo’yicha  bo’limlarning  hisobotlari hamda  pedagoglarning  fikr-mulohazalari  tinglandi.