Zo’ravonlikka qarshi 16 kun.




Har yili 25-noyabr dunyoning ko’p mamlakatlarida ayol-qizlarga bo’lgan zo’ravonlikka qarshi kurashish kuni sifatida belgilandi. Davlatimizda ham 25-noyabrdan 10-dekabr kunigacha «Zo’ravonlikka qarshi 16 kun» turkum choralari o’tkazilib kelmoqda.
2025-yil 5-dekabr kuni Qo’ng’irot tumani «Esemurat-jiraw» nomidagi 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Yoshlar ishlari inspektori va ayol-qizlar maslahat kengashining boshchiligida pedagoglarning ishtirokida «Yoshlar zo’ravonlikka qarshi!» shiori ostida tushuntirish ishlari olib borildi.