2025-2026 O’QISH YILI 1-CHORAK YAKUNI BO’YICHA PEDAGOGIK KENGASH MAJLISI BO’LIB O’TDI

2025-yil 7-noyabr kuni Qo’ng’irot  tumani 10-sonli  bolalar musiqa va san’at  maktabida 2025-2026 o’qish yilining  1-chorak yakuni  bo’yicha  Pedagogik  Kengash majlisi bo’lib o’tdi. Majlisga maktab  adminstratsiyasi, bo’lim boshliqlari va o’qituvchilar qatnashdi.

Dastlab  maktab  direktori  F.Djapakov bugingi pedagogik  kengashning kun tartibidagi  bir qancha  masalalarni tanishtirib  o’tdi.

Majlis davomida  2025-2026 o’qish  yili  1-chorak  davomida  olib  borilgan  chora-tadbirlar, imtihon  natijalari, erishilgan yutuqlar bo’yicha  bo’limlarning  hisobotlari hamda pedagoglarning  fikr  mulohazalari tinglandi.