Mektep haqqında

Maktab nomi:10-sonli “Esemurat-jiraw” nomidagi musiqa va san’at maktabi
Manzil:Qo’ng’irot tumani Qoraqalpog’iston ko’chasi 166-uy
Telefon: (55)101-54-53
Email:
Ta’lim tili: Qoraqalpoq
Bosqichlar: 1-7-sinflar
Umumiy tavsif:
10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi yosh avlodning musiqa va san’at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz an’analariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va marifiy saviyalarini har tomonlama oshirishdan iborat. Maktabda malakali o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi, ular o‘quvchilarning umumta’lim maktabdagi darslaridan tashqari qiziqishlari va iqtidorlarini rivojlantirish uchun musiqa va san’atning 13 xil yo’nalishda shug‘ullantiradi.
Maktab infratuzilmasi:
Maktab binosi zamonaviy sinfxonalar, kompyuter xonalari, kutubxona, konsert zali va xoreografiya kichik zali bilan jihozlangan. O‘quvchilarning o’z yo’nalishlarida shug’ullanishiga katta e’tibor beriladi.
O‘quv yutuqlari:
Maktab o‘quvchilari viloyat va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko’rik tanlovlarda faol qatnashib kelmoqda. Ba’zi o‘quvchilar xalqaro tanlovlariga qatnashib gran-pri, 1-2-o’rinlarni egallab kelmoqda.
Tarbiya ishlari:
Maktabda Respublika va tuman miqyosida tashkillashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, milliy bayramlar tashkil etilib, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsad qilinadi.
Hamkorliklar:
Maktab Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Nukus Madaniyat va san’at ixtisoslashtirilgan maktabi,O’zbekiston Madaniyat institute Nukus filiali, O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi Nukus filiali va boshqa ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritib, o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirishiga yordam beradi