“So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri Qozog‘istondagi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Qozog‘iston Respublikasi Aktau shahrida “Aktau – turkiy dunyoning madaniy poytaxti” dasturi doirasida “Folklor va cholg‘u musiqasi festivali” bo‘lib o‘tmoqda.
Unda turli mamlakatlardan kelgan san’atkorlar qatori O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri ham ishtirok etmoqda.
Festivalning ilk kunida dasturga ko‘ra, ishtirokchilarning chiqishlari tartibi aniqlab olindi. Keyin esa folklor ansambllari va xalq cholg‘ulari ijrochilari chiqishlari tashkil etildi. Bugun esa vokal va cholg‘u ansambllarining chiqishlari o‘tkaziladi. Ertaga shahar amfiteatrida mehmonlar va mahalliy aholi uchun katta gala-konsert tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.